Toshkent shahridagi Kichik sanoat zonalaridan foyda bormi?

  • 16:35 / 08.11.2019
  • 51

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahar hokimining investitsiya va eksport masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sharof Rahmonov shahar matbuot xizmatiga bergan intervyusida kichik sanoat zonalari faoliyati va ularda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmlari haqida ma’lumot berdi

Hokim o‘rinbosari muxbirning “Kichik sanoat zonalari ish bermoqdami?” degan savoliga quyidagicha javob berdi: 

“Bermoqda. 8 ta Kichik sanoat zonasi (KSZ)da 594 ta korxona faoliyat yuritib, ular tomondan joriy yilning birinchi yarmida 674,2 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Ulardan 80 ta korxona tomonidan 453,1 mlrd. so‘mlik import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarilgan. Eksport hajmi 15,92 mln. AQSh dollarini tashkil qildi”. 

Shuningdek, u kichik sanoat zonalaridagi mavjud muammolarni ham aytib o‘tdi. 
“KSZ’larda mavjud muammolarni ta’kidlab o‘tishimiz lozim – ularni zamonaviylashtirish zarur, ular samaradorligi past, energiya sarf qiluvchi, ekologik me’yorlarga javob bermaydigan uskunalarda ishlamoqda. Ularning ishini optimallashtirish, shu jumladan, ishlab chiqarish va omborlarni rejali joylashtirish va foydalanilmayotgan hududlar ijarasiga chek qo‘yish zarur”, deydi Sharof Rahmonov.