Toshkentda 12 ta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgardi 

  • 16:11 / 02.12.2019
  • 185

Toshkent shahri Yunusobod tumanidan o‘tuvchi 12 ta jamoat transporti (avtobus) harakat yo‘nalishi o‘zgardi. Bunga Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichini qurish ishlari sabab bo‘lgan

“Toshshahartransxizmat” matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, qurilish ishlari doirasida yer osti o‘tish yo‘li barpo etilishi munosabati bilan hududdagi Ahmad Donish ko‘chasining Yangi shahar ko‘chasi kesishmasi orasidagi (Yunusobod bozori yonida) 3 tomonlama harakatlanish yo‘li hamda Yunus ota ko‘chasi kesishmasi orasidagi yo‘llar 2019-yil 12-dekabrga qadar vaqtincha yopildi.

Shu bois, mazkur hududlardan o‘tuvchi 5, 52, 60, 72, 82, 91, 96, 97, 140, 149, 152, 190-sonli yo‘nalishlardagi avtobuslarning harakat yo‘li vaqtincha yondosh ko‘chalar orqali o‘tkaziladi. 
Avvalroq, 12-dekabrgacha Yunusoboddagi ayrim ko‘chalar yopilgani haqida xabar berilgan edi.