Toshkentda 9-noyabr kuni velomarafon o‘tkaziladi

  • 17:31 / 07.11.2019
  • 208

9-noyabr kuni Toshkent shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab havaskor velosportchilar o‘rtasida marafon o‘tkaziladi.

Marafonga barcha qatnashishi mumkin
Ushbu velomarafonda barcha xohlovchilar o‘z velosipedlari bilan ishtirok etishlari mumkin. 9-noyabr kuni soat 15:00 da “Humo Arena” muz saroyining old qismidagi maydonda velomarafonga start beriladi. Ishtirokchilar esa soat 14:00dan 14:45gacha ro‘yxatga olinadi.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.