Toshkentda qurilayotgan Islom sivilizatsiya markazida yong‘in sodir bo‘ldi

  • 17:54 / 05.12.2019
  • 957

Bundan bir necha daqiqa avval Toshkent shahridagi Xasti Imom majmuasi yonida yangi qurulayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqida Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi xizmati matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bugun – 5-dekabr kuni soat 16:38 da, Olmazor tumani Zarqaynar 1-tor ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan Islom sivilizatsiya markazi xududida 150 kv.m. maydonida teploizolyatsiya (penoplast) maxsulotlari yongan.

Yong‘in yangi qurilayotgan binoga zarar yetkazmagan. Yong‘in joyiga 16 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan. Yong‘in soat 16:54 da qurshab olinib, soat 17:06 da to‘liq o‘chirilgan. 

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘indan insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.