Toshkentdagi ko‘pqavatli uylarning birida yosh bola 5-qavatda osilib qoldi va... 

  • 19:16 / 14.01.2020
  • 1190

Ijtimoiy tarmoqlarda bugun, 14-yanvar kuni Toshkent shahridagi ko‘pqavatli uylarning birida 5-qavatda yosh bola osilib qolgani va pastlikka tushib ketgani aks etgan video tarqaldi.

Videotasvirda yosh bolaning xonadon deraza panjarasiga osilib qolgani va bir muddatdan so‘ng qo‘llarini qo‘yib yuborib, tepa qavatdan tushib ketganini ko‘rish mumkin. Pastga qulashda u ikkinchi qavat derazasi ustidagi tomchaga urilgan, so‘ng uni bir necha kishi matoda tutib olishgan.

Eslatma! Video asabi bo‘shlarga tavsiya qilinmaydi.

Mazkur hodisa yuzasidan, shuningdek, bolakayning sog‘lig‘i haqida hali rasmiy xabar berilganicha yo‘q.

Ammo, videodan so‘ng tarqalgan mazkur hodisaga oid audioda guvoh deb taxmin qilinayotgan kishining aytishicha, bolaning salomatligi yaxshi ekanligi va tanasining ayrim joylaridagina yengil tirnalishlar bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chilonzor tumanida bir yarim yoshli bola buvisining uyida bo‘lgan vaqtda qarovsiz qolgani va tokchaga chiqib 4-qavatdagi xonadon derazasidan pastga tushib ketishi oqibatida hayotdan ko‘z yumgani haqidagi xabarlar tarqalgandi

Hurmatli ota-onalar! Yosh bolalaringizni uyda yolg‘iz qoldirmang.