Tramp Tolibonga yangi hujumlarni va’da qildi

  • 21:36 / 11.09.2019
  • 426

AQSh prezidenti Donald Tramp, tinchlik muzokaralari bekor qilinganidan keyin tolibonlarga hujum qilinishini va’da qildi.

“Biz yangi tinchlik muzokaralarini rejalashtirgan edik. Bir necha kun oldin ular Puerto-Rikodan kelgan amerikalik askarni va 11 ta boshqa begunoh insonlarni o‘ldirganlarini bilganimdan keyin men ularni bekor qildim”, – dedi Tramp Pentagonda 11-sentyabr hujumlariga bag‘ishlangan xotira marosimidagi nutqida.

AQSh prezidenti Tolibon Afg‘onistondagi yana bir terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olganidan keyin ular bilan tinchlik muzokaralari bekor qilinganligini e’lon qildi.

Teglar