Tug'ilgan kuni munosabati bilan Atamboyev holidan xabar olindi

  • 18:58 / 18.09.2019
  • 1132

Qirgʻiziston Respublikasi milliy xavfsizlik qoʻmitasi (GKNB) tergov hibsxonasida saqlanayotgan mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevni koʻrgani uning oldiga turmush oʻrtogʻi Raisa Atamboyeva va Qodir ismli oʻgʻli bordi. Atambayev 17-sentyabr kuni 63 yoshni qarshi oldi. Bu haqida Qodir Atamboyev facebook’dagi sahifasida post yozib qoldirgan

Qodir Atamboyevning taʼkidlashicha, otasi qirgʻiz-tojik chegarasidagi vaziyatdan xavotirda va tez orada tinchlik va barqarorlik oʻrnatilishiga umid bildirgan. Sobiq prezidentning soʻzlariga koʻra, hozir Qirgʻiziston hukumati saʼy-harakatlarini oʻz tarafdorlariga qarshi emas, balki mamlakat xavfsizligining jiddiy muammolarini hal qilishga qaratishi kerak.

“Biz onam bilan otamni tugʻilgan kuni bilan tabrikladik. Otamning kayfiyati yaxshi va oʻzini yaxshi his qilyapti. Unga soʻnggi xabarlarni yetkazdik va men tez orada keltirib berishim kerak boʻlgan adabiyotlar roʻyxatini muhokama qildik”, – deya yozadi Qodir.

Teglar