Turkiya 11-noyabr kuni IShID jangarilarini Yevropa davlatlariga topshirishni boshlaydi

  • 20:49 / 08.11.2019
  • 378

Turkiya 11-noyabr kuni hibsga olingan “IShID” terrorchilarini oʻz vatanlariga topshirishni boshlaydi, deb xabar beradi Anadolu agentligi Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluga tayanib.

“Biz bu odamlarni Yevropaga qaytarishni dushanba kunidan boshlaymiz” – dedi vazir Soylu.

Shu hafta boshida Soylu Turkiya IShID terrorchilik guruhining asirga olingan jangarilarini Yaqin Sharqqa kelgan joylariga yaʼni Yevropa davlatlariga yuborishi haqida ogohlantirgan edi.

U Belgiya tomonidan ilgari qoʻlga olingan jangarilarning jinoyat sodir etgan joylarida sud jarayoni oʻtkazilishi haqidagi taklifini qoraladi. Shuningdek, ushbu nuqtai nazardan, Turkiya vaziri Yevropani “har doimgidek ikki tomonlama standartlarni qoʻllashda” aybladi.

Soyluning taʼkidlashicha, Turkiya 1,2 ming nafar jangarini hibsga olgan, yana 287 kishi Suriya shimolidagi harbiy operatsiya paytida qoʻlga olingan.

Ayni vaqtda esa 12 mingga yaqin IShID jangarilari Suriya qamoqxonalarida saqlanmoqda. Gʻarb davlatlari bir necha bor Turkiyaning Suriyada oktyabr oyida boshlangan harbiy operatsiyasi paytida baʼzi mahbuslar qochib ketishi mumkinligidan xavotir bildirgan.

Teglar