Turkiya Rossiya elchixonasini qo‘riqlash tizimini kuchaytirdi

  • 16:12 / 14.02.2020
  • 361

Turkiya hukumati Rossiyaning Anqaradagi elchixonasi, to‘g‘rirog‘i, elchi Aleksey Yerxovni qo‘riqlash tizimini kuchaytirdi. Bu haqda diplomatiya vakolatxonasi matbuot kotibi Irina Kasimova xabar bergan.
“Vaziyat qaltis tus olgach, iltimosimizga ko‘ra, Turkiya hukumati xavfsizlik choralarini kuchaytirdi”, deya ta’kidlagan u.
Kasimova elchi sha’niga yo‘llangan tahdidlar amalga oshishiga ishonmasligini, biroq ehtiyotkorlik zarar qilmasligini aytib o‘tgan. 
13-fevral kuni Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Aleksey Yerxov Suriyaning Idlib hududidagi harbiy hujumlar tufayli uning sha’niga turli tahdidlar yog‘ilayotganini e’lon qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda kun o‘tkazuvchi turkiyalik foydalanuvchilar ongida Rossiyaga qarshi ommaviy qarshilik kayfiyati tug‘ilgan.