Turkiya Suriyadagi maqsadini aytdi

  • 16:31 / 02.12.2019
  • 189

Turkiya Suriya shimoli-sharqida suriyalik harbiylar bilan emas, terrorchilarga qarshi kurashmoqda. Shuningdek, oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha majburiyatlarini buzmoqchi emasligini maʼlum qildi.

“Bu hudud terrorchi unsurlardan batamom tozalangani yoʻq. Turkiya Suriya qoʻshinlariga emas, faqat terrorchilarga qarshi kurashmoqda”, dedi Turkiya Prezidenti maʼmuriyatining xavfsizlik va tashqi siyosat boʻyicha kengashi aʼzosi Ismoil Safi.

Avvalroq SANA agentligi Turkiya Suriyaning Ras-ul-Ayn shahrida harbiy baza qurayotgani toʻgʻrisida xabar tarqatgandi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari va Turkiya 17-oktabr kuni, Anqaraning harbiy amaliyotini 120 soatga toʻxtatib qoʻyishga va Turkiya – Suriya chegarasidagi 30 kilometrlik bufer zonadan kurd qoʻshinlarini olib chiqishga kelishib olganliklarini maʼlum qilishgandi. Keyinchalik Turkiya Prezidenti Toyyib Erdo‘gʻan AQSh Suriya kelishuvlari boʻyicha Turkiya oldidagi majburiyatlarini toʻliq bajarmaganligini, Anqara murosaga tayyor emasligini aytdi.

Teglar