Turkiyada Yevropa va Osiyoni bog‘laydigan suv osti tunneli qurildi

  • 00:07 / 09.09.2019
  • 993

Istanbul Turkiyaning poytaxti bo‘lmasa-da, bu yerda Anqaraga nisbatan uch barobar ko‘p odam istiqomat qiladi. 15 million aholisi bo‘lgan megapolis dunyoning ikki qismida – Yevropa va Osiyoda joylashgan bo‘lib, transport tizimining rivojlanishi va ishlashida biroz noqulayliklar mavjud edi. Istanbul Bosfor bo‘g‘ozi suvlari bilan ikkiga bo‘linganligi sababli, ko‘plab fuqarolar har kuni ish yoki o‘qishga borib kelishlari uchun uzoq masofani bosib o‘tishlariga to‘g‘ri kelardi. Shaharning Yevropa va Osiyo qismlarini bog‘laydigan uchta ko‘prik qurildi. Ammo ular vaqt o‘tishi bilan yo‘lovchilar tashishni to‘xtatdi va muhandislarni muammoning yangi yechimini topishga majbur qilishdi

Shunday qilib, Bosfor bo‘g‘ozi ostidan o‘tgan va ikki sohilni temir yo‘l bilan bog‘laydigan noyob yer osti tunneli paydo bo‘ldi.

Как Турция построила сверхпрочный тоннель под Босфором, соединивший Европу и Азию

Geologik jihatdan, bu yer qurilish uchun qulay joy emas edi. Istanbul seysmik faollik kuchayib borayotgan hududda joylashgan va yer osti temiryo‘l tunnelini loyihalashda bu vaziyatni hisobga olish lozim edi.

Как Турция построила сверхпрочный тоннель под Босфором, соединивший Европу и Азию

Tunnelni qurish jarayonida kutilmagan hodisalar yuz berdi. Istanbulning Yevropa tomonidagi burg‘ulash ishlari paytida quruvchilar eski kemalarga duch kelishdi. Ma’lum bo‘lishicha, ularning barchasi Vizantiya davriga oid bo‘lib chiqdi. Quruvchilar ishlagan joy bir vaqtlar ko‘rkam shahar bo‘lgani aniqlandi. Ammo kuchli bo‘ron natijasida o‘nlab kemalar cho‘kib ketgan.

Shunday qilib, Bosfor bo‘g‘ozi ostidan o‘tgan va ikki sohilni temir yo‘l bilan bog‘laydigan noyob yer osti tunneli paydo bo‘ldi.

Как Турция построила сверхпрочный тоннель под Босфором, соединивший Европу и Азию

Ushbu tunnel suv hamda yer ostida joylashgan bo‘lib, uning eng chuqur qismi 60 metrni tashkil qiladi. Umumiy uzunligi esa 13,6 kilometr, shundan 1,4 kilometri to‘g‘ridan to‘g‘ri suv ostida joylashgan.

Как Турция построила сверхпрочный тоннель под Босфором, соединивший Европу и Азию

Loyihani amalga oshirishda Yaponiya tomonidan katta yordam ko‘rsatildi. Marmaray loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishda yapon muhandislari bevosita ishtirok etishdi va uni moliyalashtirish Yaponiyadagi davlat banklaridan birining ishtirokida amalga oshirildi.

Как Турция построила сверхпрочный тоннель под Босфором, соединивший Европу и Азию