Turkiyadagi zilzila oqibatida jabrlanganlar soni ming nafardan ortdi

  • 12:00 / 26.01.2020
  • 343

Turkiyada yuz bergan zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 1243 kishiga yetdi. Bu haqda Turkiyaning favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar bo‘yicha boshqarmasi xabar berdi.

Eng ko‘p jabrlanganlar Elyazig viloyatida kuzatilgan

Eng ko‘p jabrlanganlar Elyazig viloyatida – 843 va Malat viloyatida – 226 nafarni tashkil qilgan. Bundan tashqari, Diyorbakir, Shonliurfa, Adiyaman, Qahramonmarash, Botmon viloyatlarida ham jabrlanganlar bor.

Zilzilada 30 bino vayron bo‘lgan

Tabiiy ofat yuz bergan hududda 3,7 mingga yaqin qutqaruvchilar ish olib bormoqda. Qayd etilishicha, zilzila natijasida 30 ta bino vayron bo‘lgan va 81 ta binoga kuchli zarar yetgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada 25 yanvar kuni 6,8 magnitudali zilzila kuzatilgan edi. Zilzila oqibtuatida 20 kishi halok bo‘lgan