Twitterning sobiq xodimlari Saudiya Arabistoniga josuslik qilganlikda ayblanmoqda

  • 23:35 / 07.11.2019
  • 47

AQSh Adliya vazirligi Twitterning ikki sobiq xodimini Saudiya Arabistoniga josuslik qilganlikda aybladi, deb xabar bermoqda The Washington Post.

Seshanba kuni AQSh fuqarosi Ahmad Abuammo qirollik nomidan ijtimoiy tarmoqning uchta akkaunti foydalanuvchisini kuzatgani uchun hibsga olingan, deb yozadi gazeta.

Kompaniyaning yana bir sobiq xodimi Saudiya Arabistoni fuqarosi Ali Alzabar chorshanba kuni 2015-yilda Ar Riyod nomidan Twitterdagi 6 mingdan ortiq shaxsiy maʼlumotlarga kirishda ayblandi.

Gazetaning yozishicha, Alzabara tomonidan buzib kirilgan hisoblardan biri Saudiya Arabistonining taniqli tanqidchisi Umar Abdulazizga tegishli boʻlib, keyinchalik u (2018-yilda) Saudiya hukumatining buyrugʻiga binoan oʻldirilgan.

Nashr maʼlumotiga koʻra, josuslik ayblovi bilan Saudiya Arabistonining yana bir fuqarosi Ahmad Almutairiga qarshi ayblov eʼlon qilingan. U Saudiya rasmiylari va Twitterning ikki sobiq xodimi oʻrtasida vositachi boʻlgan.

Taxminlarga koʻra, Alzabara va Almutairi hozirda Saudiya Arabistonida yashiringan. Taʼkidlanishicha, federal prokurorlar birinchi marta ommaviy tarzda Saudiya Arabistonini AQShda josuslikda ayblamoqda.

“Biz Amerika kompaniyalariga yoki Amerika texnologiyalariga Amerika qonunlarini buzgan holda tashqi qatagʻon qurollariga aylanishiga yoʻl qoʻymaymiz”, dedi federal prokuror Devid Anderson gazetaga bergan intervyusida.

Teglar