U-19 OCh-2020 saralashi: O‘zbekiston Afg‘onistonni ham taslim etdi

  • 10:19 / 09.11.2019
  • 254

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 2020-yilgi Osiyo Chempionati saralash o‘yinlarining ikkinchi turida Afg‘onistonni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. 

Unda gollarga Odilbek Abdumajidov va Diyorbek Rahimqulov mualliflik qildi. 

O‘zbekistonlik yosh charm to‘p ustalari saralashning birinchi turida 6-noyabr kuni Hindistonlik tengdoshlaridan ham shu hisobda ustun kelgan edi. 

Endi O‘zbekiston yoshlari navbatdagi uchinchi tur uchrashuvini mezbon – Saudiya Arabistoni yoshlar terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. O‘yin 10-noyabr kuni o‘tkaziladi. 

Eslatib o‘tamiz, U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslarining barcha uchrashuvlari Saudiya Arabistonidagi Xobar shahridagi “Shahzoda Saud bin Jalavi” stadionida o‘tkazilmoqda. 
O‘zbekiston U-19 terma jamoasi saralashning “F” guruhidan o‘rin olgan va guruhda Saudiya Arabistoni, Hindiston hamda Afg‘oniston terma jamoalari bilan bahs olib bormoqda.