UEFA feyr-pley qoidasini to‘xtatishi mumkin

  • 13:01 / 21.03.2020
  • 138

UEFA Moliyaviy feyr-pley qoidalarini koronavirus tufayli ma’lum muddatga to‘xtatib turish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Marca xabar berdi.
Yevropada barcha futbol uchrashuvlarining to‘xtatilishi ortidan klublar moliyaviy qiyinchilikka to‘qnash kelishni boshlagan. Klublar oldindan tuzgan yillik byudjetlarida daromad keskin kamayishini prognoz qilishmoqda.
Fransiya va Italiya jamoalari rahbariyati ehtimoliy inqirozlarni oldini olish maqsadida futbolchilarning maoshlarini qisqartirish taklifini ishlab chiqqan.
Aks holda, klublar yaqin kelajakda iqtisodiy bo‘hron bilan qarama-qarshi kelishlari mumkinligi aytilmoqda.
Shu bois klublari UEFAga moliyaviy feyr-pley qoidasini o‘zgartirish yoki to‘xtatib turish iltimosi bilan chiqqan. Fox Sport Italia nashriga ko‘ra, UEFA tez orada ushbu masalani gaplashish maqsadida Xalqaro futbol assotsiatsiayasi, Yevropa klublari assotsiatsiyasi bilan uchrashadi.
Mutasaddi tashkilotlar koronavirus ta’siri tufayli futbolda yuz berishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy muammolarni bartaraf qilish, kelgusi rejalarni kelishib oladi.
Klublar moliyaviy feyr-pley qoidasini kamida bir yilga to‘xtatib turishga erishmoqchi.