UFC Russia vitse-prezidenti: Habib Nurmagomedov – yangi Muhammad Ali 

  • 16:55 / 14.11.2019
  • 250

UFC Russia visye-prezidenti Andrey Gromkovskiy UFC chempioni Habib Nurmagomedovni afsonaviy bokschi yangi Muhammad Ali deb ta’rifladi. Bu fikrlarni Gromkovskiy “Interfaks” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan

Habib – yangi Muhammad Ali
“Ko‘pchilik uchun Habib – yangi Muhammad Ali hisoblanadi. U nafaqat Rossiyada, balki butun dunyoga mashhur sportchi. Muxlislar u jang qilayotganida tomosha qilishga astoydil intilishadi. Bizda yana ko‘plab chempionlar yetishib chiqishini istaymiz va bunga harakat qilamiz”, dedi Gromkovskiy. 

Habib va Konor jangi haqida hech qanday gap yo‘q
Shuningdek, u Habib va Konor MakGregor o‘rtasida yana jang bo‘lishi ehtimoli haqidagi savolga ham javob bergan. 
Andrey Gromkovskiy Habib va Konor o‘rtasida jang tashkil etish borasida hech qanday ish olib borilmayotganini bildirgan. 

Teglar