UMS’da rebrending: u nomini o‘zgartirdi 

  • 16:44 / 02.12.2019
  • 139

O‘zbekistondagi UMS uyali aloqa operatori o‘z nomini “Mobiuz”ga o‘zgartirdi. Bu haqida bugun – 2-dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimida ma‘lum qilindi.

Kompaniya mutasaddilariga ko‘ra, shunchaki nom o‘zgartirilmayapti balki butun tizim yangilanmoqda. Taqdimot davomida yangi tariflar allaqachon ishga tushirilgani, yaqin kunlarda yangi mobil ilova ham taqdim etilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, televidenie, kino, musiqa va to‘lov xizmatlari ishga tushirilganligi e’lon qilindi. 

Ma’lumot uchun, kompaniya saytida yangi nomdagi tarif rejalari joriy yilning 18- va 25-noyabr kunlari joylashtirilgan.