Ukraina Mudofaa vazirligi omborlarida to‘rtta portlash yuz berdi

  • 16:14 / 11.09.2019
  • 178

Vinnitsa viloyatidagi Ukraina Mudofaa vazirligi omborlarida to‘rtta portlash yuz berdi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Bu haqda mudofaa bo‘limi vakili Aleksandr Motuzyanik ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, omborxonalardan to‘rt marta portlash ovozi eshitilgan.

Ayni vaqtda ushbu hududda quyuq tutun tarqalgan. Barcha xizmatchilar voqea sodir bo‘lgan joyga yuborilgan.

Teglar