Ukraina sobiq prezidentiga yangi jinoiy ish qo‘zg‘atildi

  • 19:51 / 09.10.2019
  • 51

Davlat tergov byurosi (DTB) Ukrainaning beshinchi prezidenti, “Oliy Rada”ning amaldagi deputati Pyotr Poroshenko tomonidan daromadlarida noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatganligi munosabati bilan jinoiy ish qo‘zg‘atdi, deb yozadi Interfaks.

Xabarga ko‘ra, DTB Poroshenkodan yil davomida olgan foyda deklaratsiyasidagi ma’lumotlarni kamaytirib ko‘rsatganlikda gumon qilmoqda.

Tergov endigina boshlagan va hali hech qanday tergov harakatlari amalga oshirilmagan.

Teglar