Ular shunchaki “to‘nka”lar emas

  • 21:51 / 08.10.2019
  • 775

Daraxtlar tabiatning eng noyob boyligi desak xato bo‘lmaydi. U bizga nafaqat salomatlik, kayfiyat balki hayotiy ehtiyojlarimizda ham yaxshi asqatadi. Ularning soyasida hordiq olamiz, mevalaridan bahramand boʻlamiz, toza havo bilan taʼminlashidan mamnun boʻlamiz. Qolaversa, yaxshi niyatlar bilan qurajak uyimizning ham ustunlari ham – daraxt mahsulotlaridir.  

Ba’zida qurigan daraxtlarni ko‘rib ko‘nglimiz xira tortadi. Ammo ularga ikkinchi umr bagʻishlovchi shunday usullar borki, bu unchalik ham katta mehnatni talab qilmaydi. Buning uchun qo‘li gul usta yoki qiziqish va ijodiy mehnat kerak, xolos. So‘ngra ular shunchaki toʻnkalar emas, e’tiborni tortuvchi foydali buyumlarga aylanadi. 

Teglar