Uy bekalariga ko‘maklashuvchi foydali layfxaklar

  • 21:47 / 03.12.2019
  • 487

Taom tayyorlash ham mahorat. Taomning mazali chiqishi oshpazning mahoratidan tashqari mahsulotlarga ham bog‘liq. Eng yangi, eng yaxshi mahsulotlar taom ta’mini yana-da mazali qiladi. Uyingizda doim ham yangi uzilgan meva yoki barra sabzavotlar bo‘lmasligi mumkin. Quyida biz uy bekalari uchun mahsulotlarni xuddi yangi holatidagidek saqlash sirlarini oshkor qilamiz.

Meva-sabzavotlarni yangi uzilgan holatida saqlash uchun

Meva-sabzavotlarni yaxshi saqlash uchun muzlatkichning eng pastki qatoriga qog‘oz yoki eski gazeta sahifasini to‘shab qo‘ying. Qog‘oz ulardagi namlikni shimib oladi va sifati buzilishdan saqlaydi.

Aynigan tuxumni oson farqlash mumkin

Кухня

Tuxumni aynigan yoki aynimaganini tashqi ko‘rinishidan farqlab bo‘lmaydi. Shu sabab ko‘pchilik uy bekalari uni farqlashga qiynaladi. Quyida buning oson yechimini havola etamiz. Buning uchun sizga oddiy suv kerak bo‘ladi. Tuxum idishdagi suvga tashlanadi: aynigan tuxum idish tubiga cho‘kmaydi.

Sho‘rvaga ko‘p tuz qo‘shib yuborgan bo‘lsangiz

Ayrim uy bekalari, ko‘pincha, sho‘rva yoki qaynatma sho‘rvaga ko‘p tuz qo‘shib yuborishadi. Sho‘r taom kamdan-kam xo‘randalarga xush keladi. Agar sho‘rvaga ko‘p tuz qo‘shib yuborsangiz, olma yoki xom kartoshkadan foydalaning. Ularni sho‘rvaga solib, 10 daqiqa qaynatib yuborish kifoya.

Agar non mahsulotlari qotib qolayotgan bo‘lsa

Ularga biroz suv sepib, mikroto‘lqinli pechda 15 soniya qizdirib oling.

Banan qoraymasligi uchun

Бананы

Banan qorayishining oldini olish uchun bandini olib tashlash lozim.  

Sho‘rva juda yog‘li bo‘lib ketgan bo‘lsa

Yog‘ga boy bu suyuq taomni muzlatkichga solish orqali yog‘idan ajratib olish mumkin. Sho‘rva muzlagan vaqtda undagi yog‘ taom ustida qotib qoladi va uni qoshiqda oson olib tashlash mumkin. 

Damlangan choy “o‘tkirlashib”, achchiq bo‘lib ketmasligi uchun

Завариваем чай

Qora choy achchiq bo‘lib ketmasligi uchun uni uch daqiqadan ortiq damlash tavsiya etilmaydi.  

Limon sharbati uchun uni kesish shart emas

Agar taom tayyorlash uchun bir necha tomchi limon suvi kerak bo‘lsa, uni butunlay kesish shart emas. Meva ustini tishkavlagich yordamida teshish yoki kichik teshik ochish kerakli suvni olishga yordam beradi.

Tuxumning suvda qaynatilish vaqtida yorilmasligi uchun

Варим яйца

Tuxumni qaynatish vaqtida suvga biroz tuz solish kifoya.

Kartoshka “gullab” ketmasligi uchun

Yerto‘lada saqlanayotgan kartoshka “gullab” – tomir otib ketmasligi uchun uni olma bilan birga saqlang.