Uydan chiqmay turib dunyoning eng mashhur muzey hamda teatrlariga sayohat uyushtiramiz!

  • 23:57 / 18.03.2020
  • 106

Dunyoning bir qator mamlakatlari o‘z chegaralarini vaqtincha yopgan, yirik kompaniyalar xodimlariga uyda ishlashga ruxsat bergan, film hamda seriallarni suratga olish vaqtinchalik to‘xtatilgan bir vaqtda san’atga yo‘g‘rilishning ayni payti. Karantinda ekanligimizni unutib, san’at namunalaridan bahra olishimiz uchun dunyoning bir qator muzey hamda tashkilotlari o‘zining bepul onlayn resurslarini bizga taqdim etishmoqda. 

Muzey va galereyalar
“Ermitaj”
– yaqinda “Apple” kompaniyasi tomonidan uyushtirilgan besh soatlik film orqali muzey ichiga bemalol sayr uyushtirish mumkin.

Arts and Culture” – “Google” kompaniyasining loyihasi bo‘lib, minglab eksponat hamda san’at asarlarini virtual kuzatish imkonini beradi.

“Tretyakov galereyasi” – rus san’at namunalari joylashgan eng katta muzeylardan biri.

“Louvre Online Tours” – dunyoning eng katta muzeyiga virtual ekskursiya uyushtirish imkonini beradi.

“Kunsthistorisches Museum” – Venada joylashgan yirik san’at tarixi muzeyi.

“Digital Archives” – Florensiyadagi Uffisi galereyasining raqamli arxivi.

“Rus davlat muzeyi” – rus san’at asarlarining eng yirik jamlanmalaridan biri.

“Britaniya muzeyi” – 3,5 mln. eksponatlar kolleksiyasini jonli tarzda ko‘rish imkoniyati.

“The British Museum” – muzey ichiga virtual ekskursiya uyushtirish imkonini beruvchi rasmiy YouTube kanal.

“Museo Del Prado” – bu milliy muzeyda 11 mingdan ortiq Yevropa tasviriy san’at namunalari o‘rin olgan.

“Musei Vaticani” – “Vatikan muzeyi” eksponatlarini tomosha qilish imkoniyati.

“The Metropolitan Museum of Art” – Nyu-Yorkda joylashgan dunyoning eng yirik muzeylari tasviriy san’at namunalari.

“Teatre-Museu Dalí” – Kataloniyadagi Salvador Dali muzeyiga onlayn sayohatlar.

“Smithsonian” – Vashingtonda joylashgan Amerika san’atining eng yirik muzeylaridan biri.

“Muzeum Narodowe w Krakowie” – Krakovdagi milliy san’at muzeyi.

“Szépművészeti Múzeum” – Budapeshtdagi tasviriy san’at muzeylariga virtual sayohatlar.

Teatrlar
“Metropolitan Opera”
– keyingi haftadan boshlab har kuni bepul translyatsiyalar taqdim etiladi. Dushanba kuni “Karmen”, payshanba kuni – “La Traviata”, yakshanba kuni “Yevgeniy Onegin”.

“Venskaya opera” – karantin davrida bepul translyatsiyalar.

“Bolshoy teatr” – baletlarni translyatsiya qilib ko‘rsatadi.

Bonus
“NASA Videos” – kosmik agentlikdan qisqa roliklarni yuqori tiniqlikda olib ko‘rsatish.

“Radio Arzamas” – “KARANTIN” promo kodi yordamida madaniyat tarixiga bag‘ishlangan loyihaga bepul obuna bo‘lish imkoniyati yaratiladi.