UzAuto Motors: Xorazmda ilk bor bir oyda 6 mingta avtomobil ishlab chiqarildi

  • 17:55 / 08.11.2019
  • 94

UzAuto Motors Xorazm viloyati filialida joriy yil oktabr oyida xorazmlik avtomobilsozlar tomonidan zavod tarixida ilk marotaba bir oyda 6 ming dona avtomobil ishlab chiqarildi. Bu haqida kompaniya matbuot xizmati axborot berdi
Zavodda 2019-yilning 10 oyida jami 48 214 dona avtomobil ishlab chiqarilgan.

Xorazmda Damas va Labo ishlab chiqariladi
Ma’lumot uchun, UzAuto Motors kompaniyasining Pitnakdagi (Xorazm viloyati) zavodi 2014-yilning yanvar oyida ishga tushirilgan bo‘lib, unda Damas va Labo rusumli avtomashinalar ishlab chiqariladi.