Uzbekistan Airways 30-iyungacha bo‘lgan qatnovlarga aviachiptalar sotuvini to‘xtatdi

  • 09:42 / 02.05.2020
  • 125

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining ma'lum qilishicha, jahon pandemiyasi bilan bog'liq holda aviakompaniya 2020-yilning 30-iyungacha bo'lgan qatnovlarga aviachiptalar sotuvini to'xtatdi.

Xabarda aytilishicha, avvalroq ommaviy axborot vositalarida "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi 2020-yilning 30-iyuniga qadar karantin muddati uzaytirilishi yoki tugashi munosabati bilan qatnovlarini bekor qilganligi haqida ma'lumot paydo bo'ldi — bu haqiqatga mos emas.

Ushbu aviachiptalar sotuvini to'xtatib turish to'g'risidagi qaror karantin 30-iyun qadar uzaytiriladi degan ma’noda qabul qilingani yo’q. Karantin tugashi va havo qatnovining tiklanish muddati haqida hali hech narsa ma'lum emas. Agar karantin choralari 30-iyundan oldin olib tashlansa va havo qatnovi qayta tiklansa, chipta savdosi ham qayta ishga tushadi. 

"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining yo'lovchilari ushbu imkoniyatga ega: 

– foydalanilmagan aviachiptalar bo'yicha pul mablag'larini jarimalarsiz qaytarib olish; 
– parvozlar qayta tiklanganidan keyin aviachiptaning amal qilish muddati ichida jo'nab ketish sanasini bir marta bepul o'zgartirish; 
– yo’nalishni almashtirish (agar rasmiylashtirilgan aviachipta bo’yicha tarif va yig'imlar farqli bo’lsa, ular amaldagi darajagacha qayta hisoblanadi), shuningdek jo'nab ketish va kelish punktlari tartibini o'zgartirish, lekin faqat aviachiptani qayta rasmiylashtirish yo'li va aeroport yig'imlari oshirilgan hollarda uning darajalarigacha farqni olishning majburiy sharti bilan.

Aviakompaniya 30-iyundan keyingi sanalarga chiptalarni sotib olish mumkinligini karantin cheklovlari uzaytirilgan taqdirda mablag’lar qaytarib berilishini ma’lum qilmoqda