Vafot etgan futbolchi so‘nggi golini “urdi” (+video)

  • 14:23 / 14.06.2020
  • 1717

Meksikaning “Monterrey” klubi futbolchilari asli amerikalik bo‘lgan marhum jamoadoshi, Aleksandr Martinezning dafn marosimida uning xotirasiga noodatiy tarzda hurmat bajo keltirishdi. Undan olingan videolavha Twitter ijtimoiy tarmog‘ida tarqala boshladi. 

O‘yinchilar marosim vaqtida Martinesga so‘nggi golini urishiga sharoit yaratib berish maqsadida uning tobutini futbol maydoniga keltirishdi. Kerakli burchak ostida mo‘ljallab tepilgan to‘p, tobutga tegib, rikashet natijasida darvozaga borib tushdi. 
“The Guardian” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, “Monterrey” klubi tarbiyalanuvchisi Aleksandr Martinesni politsiya xodimlari jinoyatchi deb o‘ylab, otib qo‘yishgan. Futbolchi bor-yo‘g‘i 16 yoshda edi. “U Meksikada yashab qolishni, futbolchi bo‘lishni va Meksika terma jamoasi uchun o‘ynashni xohlardi. Hammasi yaxshi ketayotgandi, uning orzulari ushalayotgandi” – deydi futbolchining onasi.
Futbolchining o‘limi Meksikada ommaviy noroziliklarni keltirib chiqardi