XX asr boshida millionlab muxlislar “armiya”siga ega bo‘lgan mashhur ayollar

  • 01:24 / 11.09.2019
  • 1089

Bu ayollar ilk marta sahnada paydo bo‘lganlaridayoq, juda ko‘p muxlislar “armiya”sini qo‘lga kiritdi. Millionlab odamlar ularning go‘zalligi va iste’dodini ko‘rib aqldan ozdilar. Aksariyat ayollar ular kabi bo‘lishni xohlar – o‘zini tutishlari, soch turmagi va liboslariga taqlid kuchayib ketgandi. Bir so‘z bilan aytganda, ularning imiji o‘sha vaqtlarda birdaniga urfga kirardi. Xo‘sh, 100 yil ilgari liboslar va soch turmaklari qanday ko‘rinishda edi

1. Lily Elsi

Английская актриса и певица Эдвардианской эпохи.

Ingliz aktrisasi va Edvard davri qo‘shiqchisi

Lili Elsi - taniqli ingliz aktrisasi, qo‘shiqchi va uslub ramzi. U Londonda katta muvaffaqiyatga erishgan bastakor Frans Leharning “Quvnoq beva” nomli roli orqali tanilgan. Lilyning karyerasi bolaligidan boshlanib 1890-yillarda u bir nechta muvaffaqiyatli musiqiy komediyalarda ishtirok etgan. Uning go‘zalligi va jozibasi butun dunyo hayratiga sabab bo‘ldi. Bu esa Elsini Eduard davri (Buyuk Britaniya tarixida 1901-yildan 1910-yilgacha bo‘lgan davr)dagi eng ko‘p suratga tushgan ayollardan biriga aylantirdi.

2. Gladis Kuper

Британская актриса, которая трижды становилась номинанткой на премию «Оскар».

Uch marotaba “Oskar” nomzodiga aylangan britaniyalik aktrisa

Gledis Konstans Kuper – 27 yildan ko‘proq vaqt davomida teatr sahnalarida va filmlarda rol o‘ynagan ingliz aktrisasi. Aktrisa o‘smirligidanoq musiqiy komediyalar va pantomimalarda rol ijro eta boshlagan. Birinchi jahon urushi boshlanishidan oldin u dramatik filmlarda rol o‘ynagan. Keyinchalik u o‘zi ishlaydigan teatrga rahbar etib tayinlandi. Gladis, shuningdek, uch marta Akademiya mukofotiga sazovor bo‘lgan.

3. Mari Doro

Американская актриса эпохи раннего немого кино.

Ilk ovozsiz filmlar davridagi amerikalik aktrisa

Mari Doro – ilk ovozsiz filmlar davridagi iste'dodli amerikalik aktrisa. U Charlz Fromanning e'tiborini jalb qildi. Amerikalik prodyuser uni “Broadway”ga taklif qildi va u yerda aktirisa Sherlok Xolms spektaklida bosh rolni ijro etgan Uilyam Gillett bilan birga ishladi.

4. Minni Braun

Актриса, которая выступала с 1902 по 1918 в Европе, России и на Дальнем Востоке.

1902-1918-yillarda Yevropa, Rossiya va Uzoq Sharqda mashhur bo‘lgan aktrisa

Minni Braun – Yevropada, Rossiya va Uzoq Sharqda taniqli aktrisa. U Yevropa va Rossiyaga gastrol qilgan kam sonli afro-amerikalik ayollardan biri edi.

5. Mod Fili

Американская актриса немого кино.

Ovozsiz filmlardagi amerikalik aktrisa
Mod Fili - Amerika teatri va ovozsiz kino aktrisasi. Birinchi marta u onasi – aktrisa Margaret Fili bilan uch yoshida sahnaga chiqdi. Aktrisa tez-tez janob Genri Irving bilan gastrollarda bo‘lib, AQSh gastrol safarlarining yulduziga aylandi.

6. Itel Uvorvik

Талантливая британская театральная актриса.

Iste'dodli ingliz teatr aktrisasi
 
U Britaniya teatr aktrisasi va modeli sanaladi. Yoshligida Ethel rassomlari, jumladan, Jeyms Maknil Uistler uchun suratga tushgan.

7. Evelin Nesbit

Популярная американская натурщица.

Amerikalik mashhur model

Florens Evelin Nesbit – mashhur amerikalik model. Evelinning karyerasi yoshligida Filadelfiyadan boshlanib, Nyu-Yorkda davom etdi. U o‘z davrining taniqli rassomlari uchun suratga tushgan.

8. Etel Kleyton

Актриса, которая исполнила в кино более сотни ролей.

Filmlarda yuzdan ortiq rollarni ijro etgan aktrisa

Etel Kleyton 1909-yilda “Broadway” teatri va ovozsiz kino davridagi amerikalik aktrisa. U sahnada, asosan, musiqiy filmlarda o‘ynagan va yuzdan ortiq rollarni ijro etgan.

9. Juliya Jeyms

Портретная фотография британской актрисы Джулии Джеймс.

Britaniyalik aktrisa Juliya Jeyms 1890-yilda Londonda tug‘ilgan. U teatrdagi faoliyatini Seymur Xiks rahbarligida boshladi. Aktrisa ko‘plab spektakllarda, jumladan, Parijda ham rollar ijro etgan. 

10. Genevieve Lantelm

Знаменитая французская актриса и икона стиля.

Taniqli fransuz aktrisasi va moda ramzi. O‘z davrida zamondoshlari uni eng go‘zal ayollardan biri deb hisoblashgan.

11. Billi Burk

Актриса, которая в 1938 году была номинирована на премию «Оскар» за лучшую женскую роль второго плана.

1938-yilda u eng yaxshi aktrisa nominatsiyasi uchun akademiya mukofotiga nomzod bo‘lgan.

12. Kamilla Klifford

Американская актриса бельгийского происхождения.

Kelib chiqishi belgiyalik bo‘lgan amerikalik aktrisa

Kamilla Antoinette Klifford – belgiyalik teatr aktrisasi va “Gibson qizlari” rasmlari uchun eng mashhur modellardan biri bo‘lgan. Kamillaning Lizzi Kasvall Smit tomonidan 1905-yilda olingan fotosuratlari, ko‘pincha moda tarixi kitoblarida uchraydi. Ularda Kamilla doimo bejirim ko‘ylaklar va beliga mos korset kiygan holatda gavdalanadi.

13. Etel Barrimor

«Первая леди» американского театра.

Amerika teatrining birinchi xonimi

Etel Barrimor – taniqli amerikalik aktrisa. Uning betakror ovozi va uslubi aktrisani Amerika teatrining “birinchi xonimi”ga aylantirgan. 1944-yilda u “Faqat yolg‘iz yurak” filmida rol o‘ynagan va shu bois “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan.

14. Annett Kellerman

Австралийская профессиональная пловчиха, звезда водевиля, актриса кино и писательница.

Avstraliyalik professional suzuvchi, kino aktrisasi va yozuvchi

Annett Mari Sara Kellerman – avstraliyalik aktrisa va yozuvchi. U cho‘milish kostyumini kiygan dastlabki ayollardan bo‘lgan. Bu esa shu qadar mashhur bo‘lib ketdiki, aktrisa o‘z yo‘nalishini uzoq vaqt davom ettirdi. 1905-yilda Annett sport kanallarini ommalashtirishga hissa qo‘shgan va 18 yoshida La-Mansh bo‘g‘ozini suzib o‘tgan tarixdagi ilk ayol bo‘ldi.

Teglar