XXI asr: Eng yaxshi filmlar aniqlandi 

  • 23:44 / 24.01.2020
  • 1804

Empire jurnalining ekspertlari XXI yuz yillikning eng yaxshi filmlari ro‘yxatini e’lon qildi. Reytingga 100 ta film kirdi. Top-10 talikni quyidagicha: 
 
Birinchi o‘ringa rejissyor Jorj Millerning “Telba Maks: G‘azab yo‘li” filmi loyiq ko‘rilgan. Ekspertlar uni “tengsiz san’at asari”,deya e’tirof etishdi. 
Ikkinchi o‘rin –Tolkinning kitoblari asosida ishlangan  “Uzuklar hukmdori: Uzuk birodarligi” filmiga berildi. Filmni rejissyor Piter Jekson ishlagan.
Uchinchi o‘rin – Kristofer Nolanning “Qora ritsar”iga nasib etdi.
To‘rtinchi o‘rinni bosh rolda Leonardi Di Kaprio o‘ynagan “Ibtido” filmi egallagan. Bu filmning ham rejissyori Kristofer Nolan. 
Barri Jenkinson tomonidan suratga olingan “Oy yog‘dusi” filmi beshinchi qatordan joy oldi. 
Oltinchi o‘rinda Devid Fincherning Facebook yaralishiga bag‘ishlangan “Ijtimoiy tarmoq” filmi turibdi. 
Reytingning yettinchi o‘rni Entoni va Jo Russoning “Qasoskorlar: cheksizlik jangi”ga nasib etdi. 
Sakkizinchi o‘rin Jordan Pil rejissyorlik qilgan “Nariga” nomli detektiv-satirik filmiga berildi. 
To‘qqizinchi o‘rinda – Gilyermo del Toroning “Favn labirinti” filmi turibdi. 
O‘ninchi o‘rindan Sofiya Koppolaning “Tarjima qiyinchiliklari” melodramasi joy oldi. 
 
Reytingdagi filmlar o‘z o‘rniga munosibmi? Siz nima deysiz? 

Teglar