Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Alisher Usmonovni taqdirladi 

  • 17:11 / 03.12.2019
  • 336

Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi. 
Kongressda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax ham qatnashib, qilichbozlikning barcha 12 yo‘nalishini ham Olimpiya o‘yinlari dasturiga kirishida ulkan hissa qo‘shgan Alisher Usmonovni XOQ’ning maxsus sovg‘asi bilan taqdirladi

Kongress doirasida yil yakunlari bo‘yicha ham qator nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 
Kongressda shuningdek, 2021-yil kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati mezbonligi uchun o‘tkazilgan ovoz berishda Misr mamlakati nomzodi ma’qullandi. Qolaversa, 2020-2024-yillar oralig‘idagi xalqaro musobaqalarda jahon va Olimpiada chempionlarining bahslarda ajralib turishi uchun ularning sport kiyimiga ism-familiyasini qizil va oltin ranglarda yozdirib qo‘yish bo‘yicha qaror qabul qilindi. 

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi, Markaziy Osiyo va O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov va O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh kotibi Gulnora Saidova ham ishtirok etdi.

Teglar