Xalqaro dzyudo federatsiyasi sport direktori Termizda

  • 18:17 / 18.09.2019
  • 85

Termiz davlat universitetida Xalqaro dzyudo federatsiyasi sport direktori, shotlandiyalik Liza Alan xonim, dzyudo boʻyicha soʻnggi jahon chempionati sovrindori Sharofiddin Lutfullayev, Surxondaryo viloyat dzyudo federatsiyasi raisi Behzod Toʻraboyev hamda Xalqaro dzyudo federatsiyasi hakami Ramziddin Saidov ishtirokida universitet professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Mehmonlar tadbir ishtirokchilariga dzyudo sportining tarixi, uning sir-sinoatlari haqida qiziqarli maʼlumotlarni yetkazish barobarida ularni qiziqtirgan koʻplab savollarga javob qaytarishdi.

Dzyudo nafaqat oʻgʻil bolalar, balki qizlar orasida ham keng ommalashgan. Bu kabi sport turlari inson oʻzini himoya qilishi uchun hech qachon ortiqchalik qilmaydi. Ushbu jang sanʼati bilan shugʻullanish kishini nafaqat jismoniy, balki maʼnaviy komillik sari yetaklaydi.