Xayrullo Bozorov Namangan viloyati hokimi etib tasdiqlandi

  • 16:25 / 13.01.2020
  • 109

Bugun, 13 yanvar kuni Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibidan viloyat saylov komissiyasi raisining axboroti, Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Namangan viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodni tasdiqlash, Xalq deputatlari viloyat, shahar va tumanlar Kengashi deputatlari Qo‘shma majlisi Maslahat Kengashi a’zoligiga nomzodni tavsiya etish kabi masalalar o‘rin oldi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Sessiyada reglament va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom bir ovozdan tasdiqlandi.  

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Namangan viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodni tasdiqlash to‘g‘risidagi masala yuzasidan siyosiy partiyalar guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazildi.
Mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakili, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Rustam Qosimov so‘z olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Namangan viloyati hokimi lavozimiga 6-Serob saylov okrugidan saylangan deputat Bozorov Xayrullo Xayitbayevichning nomzodini Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasida tasdiqlash to‘g‘risida Taqdimnoma kiritilganligini ma’lum qildi va uni o‘qib eshittirdi. 
Deputatlar davlat rahbari tomonidan viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etilgan Xayrullo Bozorov nomzodini yakdillik bilan qo‘llab-quvvatladi va Bozorov Xayrullo Xayitbayevich Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputatlari tomonidan Namangan viloyati hokimi etib bir ovozdan tasdiqlandi. 

Shuningdek, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga asosan xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari Qo‘shma majlisi Maslahat Kengashi a’zoligiga ham ko‘rsatildi va deputatlar tomonidan yakdillik bilan tasdiqlandi.

Qashqadaryo viloyati hokimi ham tasdiqlandi

To‘ra Bobolov Surxondaryo viloyatiga hokimi etib tayinlandi 

Toshkent shahri hokimi tayinlandi