Xitoy Rossiya va AQSh ishtirok etadigan qurolsizlanish haqidagi muzokaralarda qatnashmoqchi emas

  • 16:42 / 10.06.2020
  • 896

Xitoy Rossiya va AQSh ishtirok etuvchi yadroviy qurolsizlanishga bag‘ishlangan muzokaralarda ishtirok etishni rejalamayapti. Bu haqda XXR Tashqi ishlar vazirligi vakili Xua Chunin ma’lum qildi, deya Xitoy OAV xabar tarqatgan
Vakilning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy bir necha marta “Rossiya va AQSh ishtirokida qurollanishni nazorat qilishga yo‘naltirilgan uch tomonlama muzokaralarda ishtirok etish niyati yo‘qligiga” ishora qilgan.  
Pekin Oq uy Xitoyni muzokaralarga tortib “mas’uliyatni boshqalarning zimmasiga yuklashni” va AQSh oxirgi yillarda qurollanishni nazorat qiluvchi bir qator xalqaro kelishuvlardan chiqib ketganidan e’tiborni chalg‘itmoqchi, deb shubha qilmoqda, deya izohlaydi Xua Chunin.
Xitoy bu masalada oxirgi marta AQShning qurollanishni nazorat qilish bo‘yicha maxsus vakili Marshall Billingsli tomonidan 8-iyunda eslangan edi. “Bugun Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Ryabkov bilan yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha iyunda o‘tkaziladigan muzokaralarning vaqti va joyi haqida kelishib olindi. Xitoy ham taklif qilingan. Xitoy ishtirok etarmikan va muzokaralarni vijdonan olib borarmikan?” – deya yozadi u Twitter’da.