Xitoyda koronavirusga qarshi emdori odamlarda muvaffaqiyatli sinaldi 

  • 13:08 / 30.05.2020
  • 646

Oldinda sinov bosqichlari bor 
Pekin biotexnologiyalar instituti olimlari o‘zlari yaratgan dastlabki emdorini odamlarda sinab ko‘rdi. Ilk natijalar muvaffaqiyatli: u xavfsiz, yaxshi qabul qilinadigan va samarali, deb tan olinmoqda. 

Mohiyatiga ko‘ra, emdori klinik tadqiqotlarning birinchi bosqichidan o‘tgan. 28 kun davom etgan tadqiqotda 108 nafar sog‘lom odam o‘z ixtiyori bilan ishtirok etgan. Ish jarayoni aks etgan maqola The Lancet jurnalida ham chop etilgan. Yakuniy xulosalar yana yarim yildan keyin ma’lum bo‘ladi: olimlar bu vaqt davomida emdorini sinashni davom ettiradi. 

Ayni emdori virus-tashuvchi virusiga (qoidaga ko‘ra, bu adenoviruslar) SARS-COV-2 koronavirusining genetik materiali kiritilishi asosida yaratilgan. Natijada emdori oxirgi antitela va T-hujayralarga xos xususiyatlarni keltirib chiqargan. Sinovlar paytida preparatning barcha sinov dozalari ma’lum darajada immunitet paydo qilgan.
   
Xabar berilishicha, vaksinatsiyadan keyin faqat bitta ishtirokchigina isitmadan shikoyat qilgan.