Xitoyda koronavirusni davolash usuli topildi

  • 16:04 / 24.01.2020
  • 2350

Uxan universiteti shifokorlari tomonidan 2019-nCoV koronavirusiga chalingan bemorni muvaffaqiyatli davolashdi.

Xabarda yozilishicha, mutaxassislar ekstrakorporal oksidlanish (kislorod bilan to'yinganlik, ECMO) pnevmoniyaning yangi turini davolashda yordam berishini aniqladilar. Shifokorlar kasallikka chalingan 53 yoshli kishini kasallikdan davolashga erishilgan.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Xitoyda 17 kishi pnevmoniyaning yangi turining qurboniga aylangan, ularning soni 570 kishidan oshgan.

2019 yil 31-dekabr kuni Xitoy hukumati Uxanda noma'lum pnevmoniya kasalligi tarqalganini e'lon qildi. Yanvar oyida kasallikning qo'zg'atuvchisi koronavirusning yangi turi ekanligi ma'lum bo'ldi.