Xitoydagi dunyoning eng katta aerportida blogerlar sayyohlarga xalaqit berishmoqda

  • 19:41 / 05.10.2019
  • 631

Politsiya bloggerlarni Dasin yangi xalqaro aeroportida suratga olishlari bilan sayyohlarni bezovta qilmaslikka chaqirmoqda, deb xabar beradi South China Morning Post.

Xabar qilinishicha, dunyoning eng katta aeroporti ochilganidan beri unga kuniga o‘rtacha 15 ming kishi tashrif buyurgan, ammo dam olish kunlari, XXR tashkil topgan kun munosabati bilan, vaziyat murakkablashdi.

Shunday qilib, seshanba kuni aeroportdan 5 667 kishi uchib ketgan bo‘lsa, shu kunning o‘zida yangi binoga 85 ming kishi tashrif buyurdi. Politsiyaning ta’kidlashicha, ko‘pchilik aeroportga suratga olish yoki ijtimoiy tarmoqlarga video yozib olish uchun kelmoqda.

Dunyodagi eng katta aeroport Xitoyning Langfang shahri chegarasida joylashgan. 2021-yilga kelib aeroport yiliga 45 million yo‘lovchiga, 2025-yilga kelib esa 72 million kishiga xizmat ko‘rsatishi kutilmoqda.

Teglar