Xolifild va Tayson o‘rtasidagi jangning taxminiy sanasi ma’lum qilindi

  • 16:05 / 18.05.2020
  • 497

2020-yilning eng kutilgan janglaridan biri – ikki sobiq jahon chempioni Evander Xolifild va Mayk Tayson o‘rtasidagi to‘qnashuvning taxminiy sanasi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda MARCA.
 
Unga ko‘ra, jang Saudiya Arabistonining Diriya shahrida 11-iyul kuni bo‘lib o‘tishi mumkin. Biroq bu sana tashkilotchilar tomonidan rasman tasdiqlanmagan.
 
Ma’lumot o‘rnida, Tayson va Xolifild ikki bor 1996 va 1997-yillarda o‘zaro jang qilgan. Birinchi jangda Xolifild Taysonni nokautga uchratgan, ikkinchi to‘qnashuvda esa Mayk raqibining qulog‘ini tishlab olgan va diskvalifikatsiya qilingan.

Oldinroq 57 yoshli Evander Xolifild azaliy raqibi Mayk Taysonni ringga chorlagani haqida xabar bergandik.