Xonaning keng ko‘rinishiga xalal beradigan 5 narsa

  • 17:20 / 11.09.2019
  • 739

Tor uy – fojia emas. Kichik xonaning interyer dizaynini zamonaviy, chiroyli va keng qilib tashkillashtirish mumkin. Buning uchun besh narsadan xalos bo‘lish yetarli.

Pardalar

Картинки по запросу 5 вещей, от которых нужно избавиться, чтобы ваша квартира стала визуально просторнее

Qalin matodan tikilgan og‘ir pardalar quyosh nurini yaxshi to‘sadi. Biroq uning kamchiliklarini sanab tugatib bo‘lmaydi – hamma changni o‘zida yig‘ishidan tortib xonani tor ko‘rsatishigacha. Agar xonangiz kichik bo‘lsa, klassik pardalarni unuting va zamonaviylariga e’tibor qarating:
• Rulon parda. Eng hamyonbop tanlov. U qalin qog‘ozdan iborat bo‘lib, rulon qilib yig‘sangiz ham bo‘ladi.
• Jalyuzi. Uning qog‘ozdan, matodan, plastikdan yoki metalldan tayyorlangan turlari bor. Nurni eng yaxshi to‘sadigani – jalyuzi-plisse.  
• Rim pardalari. Tekis matodan iborat bo‘lib, ko‘targanda unga biriktirilgan oraliq taxtachalar hisobiga tekis to‘lqinsimon burmalar hosil qiladi. 

Qandil

Картинки по запросу 5 вещей, от которых нужно избавиться, чтобы ваша квартира стала визуально просторнее

Katta sershox qandillar – nafaqat o‘tgan asrga xos, balki kichik xonalarning birinchi raqamli dushmanidir. Qandil shiftga osig‘liq turgani uchun joy olmaganday tuyulishi mumkin. Ammo u shiftni pastroq qilib ko‘rsatadi, bu esa uyning umumiy ko‘rinishiga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi.
Qandillarni shift yoki devorga o‘rnatiladigan nuqtasifat yorug‘lik manbalari bilan almashtiring, shuningdek, stolga yoki karavot yonidagi tumbochkalar ustiga ham lampalar qo‘ysangiz bo‘ladi. 

Yirik shkaflar

Картинки по запросу 5 вещей, от которых нужно избавиться, чтобы ваша квартира стала визуально просторнее

Uyingizda kiyim saqlash uchun shkaf bo‘lishi kerak. Ammo odatda bu bilan cheklanmaymiz. Oshxonada – idish-tovoq, vannaxonada – yuvinish vositalari, yotoqxonada – kiyim-kechak, choyshablar va kitoblar uchun alohida shkaf bo‘lishiga o‘rganganmiz.
Katta shkaflar kichik xonani keng qilish imkonini qoldirmaydi. Ko‘p hollarda ularni devoriy tokchalar bilan almashtirish mumkin, tokchalar joy olamaydi va og‘ir mebel kabi tuyulmaydi. 
Agar shkaflardan xalos bo‘lish qo‘lingizdan kelmasa, unda oynavandlarini tanlang. Ular buyumlarni aks ettiradi va joyni vizual ko‘paytiradi.

To‘q rangli mebel

Картинки по запросу 5 вещей, от которых нужно избавиться, чтобы ваша квартира стала визуально просторнее

Qora va unga yaqin rangdagi mebellardan ko‘ra, oq, och jigarrang va och kulrang mebel yengillik hissini beradi, nurni yaxshi taratadi va xonani vizual kengaytiradi.

Ulkan divan va kreslolar

Картинки по запросу 5 вещей, от которых нужно избавиться, чтобы ваша квартира стала визуально просторнее

Biz uchun divan va kreslolar qancha katta bo‘lsa, shunchalik qulaydek tuyuladi. Aslida esa – ular muhimligi bo‘yicha birinchi darajali mebel emas, ko‘p joyni egallab, kichik xona dizayniga umuman mos kelmaydi. Shuningdek, ko‘p hollarda divan va kreslolar buyumlar va o‘yinchoqlar omboriga aylanadi.
Albatta, divan va kreslolarning bo‘lmagani juda yaxshi. Ammo bu imkonsiz bo‘lsa, baland oyoqchali va yog‘och to‘qimali modellarini tanlang. Ular nafisroq va kichikroq ko‘rinadi.

Aytgancha, pardalar, og‘ir mebellar va Versal tipidagi qandillardan xalos bo‘lib, nafaqat xonangizni kengroq va yorug‘roq bo‘lishiga, balki eng aktual dizaynerlikka ham erishasiz.

Teglar