Xususiy tibbiyot tashkilotlari 2022-yilgacha soliq to‘lovlaridan ozod etilgan

  • 19:50 / 07.11.2019
  • 188

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Stomatologiya va kosmetologiyadan tashqari boshqa yo‘nalishlardagi xususiy tibbiyot tashkilotlari 2022-yilning 1-yanvargacha barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod etiladi

Xabarda keltirilishicha keying yillarda sog‘liqni saqlashning xususiy sektori tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar turlari 50 tadan 126 taga ko‘paygan. Stomatologiya va kosmetologiyadan tashqari boshqa yo‘nalishlardagi xususiy tibbiyot tashkilotlari 2022-yilning 1-yanvargacha barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod etilgan. Shuningdek, olib kelinadigan yangi tibbiyot asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, ularning ehtiyot qismlari va zarur materiallar uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etilgan. Bu kabi imkoniyatlar natijasida so‘nggi ikki yilda 1650 ta yangi xususiy tibbiyot muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Xususiy tibbiyot tashkilotlariga imtiyozli kreditlar ajratish yo‘li bilan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ishlari ham amalga oshirildi. Bundan tashqari, litsenziya olish uchun to‘lanadigan davlat boji eng kam ish haqining 10 baravaridan 5 baravarigacha kamaytirildi. Ko‘rilgan choralar tufayli 2018-yilda xususiy tibbiyot tashkilotlari soni 4670 taga yetib, bugungi kunga kelib bu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan shifoxonalar soni 5300 dan oshdi”, deydi Sog‘liqni saqlash vazirligining litsenziyalash va akkreditatsiyalash boshqarmasi boshlig‘i Farhod Rahimqulov.