YXHT ishtirokchi mamlakatlari doimiy vakillarining O‘zbekistonga tashrifi kutilyapti

  • 19:05 / 09.10.2019
  • 24

2019-yilning 10-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taklifiga binoan 20 ta elchi – YXHT ishtirokchi mamlakatlarining Vena shahridagi doimiy vakillaridan iborat delegatsiya Toshkent shahriga tashrif buyuradi.

Bu haqida Vazirlikning rasmiy saytida xabar berildi.

O‘zbekistonning Avstriyadagi Elchixonasi tomonidan tashkillashtirilayotgan mazkur tashrif dasturida Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazida va Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) bilan uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Diplomatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining mamlakatimizda OAV erkinligini ta’minlashning dolzarb masalalari va mazkur sohada olib borilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan “davra subati”da ishtirok etish uchun Samarqand shahrida ham bo‘ladilar.