Yaponcha hayot tarziga o‘rgatuvchi 5 usul

  • 16:33 / 08.11.2019
  • 439

Har bir millatning o‘ziga xosligi bo‘ladi va ularning biri ikkinchisidan butunlay farqlanib, ajralib turadi. Masalan, koreyslar tabiiy kosmetikasi bilan tanilgan bo‘lsa, nemislar sifatli avtoulovlari bilan mashhur. Yaponiya esa uzoq umr ko‘ruvchi aholisi bilan dong taratgan, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
 
Haqiqatan uzoq umr ko‘rish deganda, ko‘pchilikning hayolida yaponlar gavdalanadi. Ular o‘ziga xos hayot tarziga va cheklovlarga qat’iy amal qilishadi. Ushbu maqolada, aynan, yaponlarga xos bo‘lgan 5 foydali odat haqida ma’lumot beramiz.

Pastga tortuvchi har qanday narsadan xalos bo‘ling

Япония 5

Yaponcha samaradorlik haqida eshitganmisiz? Ushbu naql asosida quvonch olib kelmaydigan va pastga tortuvchi omilni qidirib topish yotadi. U odamni kerakmas narsadan keskin va qat’iy tarzda voz kechishga chaqiradi. Odatni “avtopilot” rejimiga aylantirish oson voz kechishingizga yordam beradi.

Keraksiz narsalarning 80 foizini tashlab yuboring, qolganini esa seving

Япония 4

Xonadoningizda yoki shaxsiy xonangizda saqlanyotgan narsalarning aniq sonini bilasizmi? Bir yil davomida ishlatilmaydigan hamma narsadan qutulish kerak. Bittasi ketsa, boshqasi keladi!

Hech qanday tamaddi kerak emas

Япония 2

Buni eshitib, och qolar ekanman, degan xayolga borishning aslo keragi yo‘q. Yaponcha ovqatlanish tartibi – kuniga uch mahal ovqatlanishdan iborat. Uch mahal orasida yana qandaydir bir ovqat iste’moli mavjud emas. 

Shavqatsiz tejamkorlik haqida unuting

Япония 1

Yaponlar nega zamonaviy ko‘rinishini bilasizmi? Ular pulni sifatli narsalargagina ishlatishadi va buyumlarni parvarishlashadi. Shunday ekan, songa emas, sifatga e’tibor bering.

Vaqtni bekorga sarflash

Япония 3

Har bir insonda unga foyda va sezilarli quvonch keltirmaydigan mashg‘ulot mavjud. Ular bilan shug‘ullanish ortiqcha harakat talab qilmasa-da, unga ko‘p vaqt sarflanadi. Bunday mashg‘ulotlarga ijtimoiy tarmoqlarga besamar vaqt sarflashdan tashqari, ayrim munosabatlarni ham kiritish mumkin. Balki “bo‘m-bo‘sh” munosabatlarni tugatib baxtga erisharsiz va maqsadli tasavvurlarga ko‘proq vaqt ajratarsiz.