Yaponiya  fuqarolari uchun 90 kunlik vizasiz rejim belgilandi

  • 10:03 / 04.03.2020
  • 161

Hukumatning "Diplomatik yoki rasmiy pasporti egalari bo‘lgan Yaponiya fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish rejimini liberallashtirish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2020-yil 1-martdan paritet asosda Yaponiya TIV tomonidan berilgan diplomatik yoki rasmiy pasport egalari bo‘lgan Yaponiya fuqarolari:

O‘zbekistonda diplomatik yoki konsullik faoliyatini amalga oshirish va Yaponiya Hukumati vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan, shu jumladan ular bilan doimiy yashaydigan oila a’zolari uchun O‘zbekistonda bo‘lish muddatiga;

boshqa maqsadlarda 90 kungacha O‘zbekistonga vizasiz kirish tartibi belgilandi.

Vizasiz kirish tartibi O‘zbekistonga mehnat, kasbiy va boshqa faoliyatni amalga oshirish yoki doimiy yashash uchun keladigan Yaponiya fuqarolariga tatbiq etilmaydi.