Yaponiya bilan temiryo‘l transporti sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

  • 20:55 / 09.11.2019
  • 27

Kecha, 8-noyabr kuni Transport vazirligida Yaponiya xorijiy temir yo‘l tizimlari assosiasiyasi (JORSA) ijrochi direktori T.Murasaki boshchiligidagi delegasiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Mamalakatimizning tegishli tashkilot va kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, O‘zbekiston bozor imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida yurtimizga tashrif buyurgan ushbu delegatsiya tarkibidan Hitachi Rail Europe, Kyosan Electric Mfg, Mitsubishi Electric Corp., The Nippon Signal, Toshiba International, Marubeni, Mitsui, Sojitz, Sumitomo kabi Yaponiyaning eng yirik kompaniyalari vakillari o‘rin olgan. 

Uchrashuvda transport tizimi, xususan, temir yo‘l transporti sohasida istiqbolli hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi. Bunda Yaponiya tomoni o‘zining eng ilg‘or texnologiyalari bilan ushbu sohani rivojlantirishga qaratilgan loyihalarda ishtirok etishga tayyor ekanligini bildirdi.