Yaponiyada o‘zbekistonlik talaba koronavirusga chalindi

  • 10:38 / 18.04.2020
  • 352

Yaponiyada bir nafar O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu haqda O‘zbeksiton yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Yaponiyadagi vakili Jo‘rabek Hasanov ma’lumot berdi.

Uning ta’kidlashicha, talaba yigitning umumiy holati yaxshi.

Eslatib o‘tamiz, Tashqi ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Avazbek Xadjimetov ishtirokidagi brifingda  xorijdagi 23 nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangani va ulardan 3 nafari vafot etgani ma’lum qilingandi.

Ma’lumot o‘rnida, Yaponiyada 9,787 nafar kishi koronavirusga chalingan, ularning 190 nafari vafot etdi.