Yaponiyada sayyoramizning eng yoshi ulug‘i vafot etdi

  • 16:26 / 25.02.2020
  • 440

Yaponiyaning Dzyoetsu shahri fuqarosi Titetsu Vatanaber 112 yoshida vafot etdi. Bu haqda DW Kyodo axborot agentligiga tayanib xabar berdi.
Kyodo’ga ko‘ra, Vatanabe 23-fevral kuni o‘lgan. So‘nggi vaqtlarda yaponiyalik qariyaning sog‘lig‘ida muammolar bo‘lgan. 
O‘limigacha sayyoramizning eng uzoq umr ko‘rgan Vatanabe 1907-yil 5-martida tug‘ilgan. Pensiyaga chiqqunicha xizmatchi bo‘lib ishlagan. U origami va kalligrafiya sanati bilan shug‘ullangan. 
Uzoq umr ko‘rishiga esa doim kulib yurishini aytgan.
Fevral oyi o‘rtalarida u Ginnesning rekordlar kitobi talqiniga ko‘ra, jahonning eng yoshi ulug‘i deb topilgandi. Ungacha bu maqomni vatandoshi, 113 yoshli Masadzo Nonaka egallab kelgan. U 2019-yil yanvarida vafot etgandi.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiyada jahonning eng yoshi ulug‘ ayoli Kane Tanaka ham Yaponiyada yashaydi.