Yaponiyaning qariyb 40 ta prefekturasida cheklovlar bekor qilinadi

  • 17:40 / 14.05.2020
  • 57

Yaponiya bugun, 14-may kuni mamlakatdagi 47 prefekturaning 39 tasida favqulodda vaziyatni bekor qilishi kutilmoqda. Bu haqda mahalliy OAVga tayanib, The Guardian xabar berdi. 

Dunyo iqtisodiyotida kattaligi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turuvchi mamlakat bir oy avval favqulodda vaziyat e’lon qilgandi. Hukumat infeksiyaning tarqalishini sekinlashtirish va tibbiy xizmatdagi muammolarni yengillashtirish maqsadida fuqarolarni o‘zaro aloqani 80 foizga qisqartirishga chaqirgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada 16 049 kishi koronavirus yuqtirib olgan, 678 bemor vafot etgan, 8 920 kishi davolangan.