Yer aholisi tobora qarib bormoqda. Bu nimani anglatadi?

  • 17:58 / 14.08.2019
  • 807

Insoniyat tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bugungi kunda dunyoda 65 yoshdan oshgan odamlar soni har qachongidan ham ko‘p. O‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichi sezilarli darajada oshib bormoqda. Ammo  dunyoning ko‘plab mamlakatlarida farzand ko‘rish ko‘rsatkichi tushib ketyapti. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, yer yuzida birinchi marta bolalardan ko‘ra keksa odamlar ko‘payib ketdi. 2019-yilda sayyoramizdagi 705 million kishi qariyalardan 680 millionga yaqini esa 4 yoshgacha bo‘lgan bolalardan iborat ekanligi aniqlandi. Xo‘sh, bu bizning kelajagimizga qanday ta’sir qiladi? 

O‘rtacha umr ko‘rish yoshining oshishi quvonarli hol. Ammo bu vaziyat qator dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi.

2050-yilga kelib, 65 yoshdan oshganlarning ulushi deyarli 16 foizga oshadi, bu besh yoshgacha bo‘lgan bolalar sonidan ikki baravar ko‘p degani. Bir necha o‘n yillar davomida ushbu vaziyatni kuzatib borgan demograflar, umr ko‘rish davomiyligining oshishi tug‘ilishning pasayishi bilan bog‘liq degan xulosaga kelishdi.

Ammo qarib qolgan aholi sizga va bizga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1960-yilda bir ayolga besh bola to‘g‘ri kelgan. Bugungi kunda, qariyib 60 yildan so‘ng, har bir ayolga o‘rtacha 2,5 nafar bola to‘g‘ri kelmoqda. 1960-yilda odamlar o‘rtacha 52 yoshdan biroz ko‘proq umr ko‘rishgan bo‘lsa, 2017-yilda o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichi 72 yoshga yetgan. Odamlar yoshining oshib borishi ularni ko‘proq resurslarga ehtiyoj sezishini anglatadi. Bu esa o‘z navbatida sog‘liqni saqlash tizimlari va nafaqalarga bo‘lgan bosimni kuchaytiradi.

Muammoning yechimi bormi?

Ba’zi rivojlanayotgan mamlakatlar tug‘ilishni cheklash bo‘yicha siyosat choralarini qo‘llayotgan Yaponiya va Italiya kabi davlatlarning yondashuviga e’tibor bermoqdalar. Xitoy va Hindistonda rejalashtirilgan farzand ko‘rish g‘oyasi 1970-yillarda joriy qilingan bo‘lsa, bugungi kunda Xitoy aholisi tobora qarib bormoqda. 

Ammo tug‘ilish darajasining pasayishi ijobiy holatlarga ham sabab bo‘la oladi. Tug‘ilish ko‘rsatkichi pasayib, aholining qarish darajasi yuqori bo‘lmaganda hukumatlar xuddi Tayland va Janubiy Koreya singari o‘rta va oliy ta’limga ko‘proq mablag‘ ajratishlari va iqtisodiyotini rag‘batlantirishi mumkin bo‘ladi.

 Biroq ekspertlarning ogohlantirishicha, keksa odamlarning turmush darajasi bilan bog‘liq masalalarda sog‘liqni saqlash sifati hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Sayyoraning qarib borish muammosini, sizningcha, qanday hal qilish kerak? 

Teglar