Yevropa Ittifoqi Rossiyadagi nohukumat tashkilotlarning tugatilishidan xavotirda

  • 20:14 / 08.11.2019
  • 70

Rossiyada “Inson huquqlari uchun” harakati va Shimoliy tub aholiga yordam berish markazining tugatilishi fuqarolik jamiyati tamoyillariga ziddir, dedi Yevropa tashqi siyosat xizmati (YTSX) rasmiy vakili.

“Adliya vazirligining daʼvosiga koʻra, yaqinda Rossiya Federatsiyasi sudlari mamlakatdagi inson huquqlarini himoya qiluvchi eng qadimiy tashkilotlardan biri boʻlgan “Inson huquqlari uchun” harakatini va Shimolning tubjoy ozchiliklariga koʻmaklashish markazini tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qildilar. U har qanday demokratiyaning ajralmas qismi hisoblanadi”, – deyiladi payshanba kuni Bryusselda tarqatilgan rasmiy xabarda.

Shuningdek, xabarda “nodavlat tashkilotlarga davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ularning oʻsishi uchun ochiq va inklyuziv muhit” uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish muhimligi aytiladi.

1-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi Adliya vazirligining talabiga binoan mamlakatdagi inson huquqlarini himoya qiluvchi eng qadimiy tashkilotlardan biri boʻlgan “Inson huquqlari uchun” harakatini tugatdi.

Bu inson huquqlari himoyachilari, shu jumladan, Prezidentning Inson huquqlari boʻyicha kengashi aʼzolari orasida norozilikka sabab boʻldi. Ular ushbu harakatning yopilishini adolatsiz deb bilishini aytib, harakatni qoʻllab-quvvatladilar.

Teglar