Yevropa olimlari qaynatmaning kutilmagan foydasini aniqlashdi  

  • 17:20 / 22.11.2019
  • 948

RIA Novostining xabar berishicha, Londondagi Qirollik kolleji va Greyt Ormond Stritdagi bolalar kasalxonasi olimlari an’anaviy go‘shtli va sabzavotli qaynatmalar bezgak chaqiruvchi “Plasmodium falciparum” parazitlarini butunlay yo‘qotib yuborishini aniqlashgan. 

Ekspertlar turli xalqlar tomonidan uy sharoitida shamollashga qarshi tayyorlanadigan 56 xil sho‘rvani tahlil qilib ko‘rishgan. Ma’lum bo‘lishicha, ular orasidan 5 tasi 50 foizgacha, 4 tasi esa 50 foizdan ziyod parazitlarning rivojlanishini 72 soatga to‘xtatib turgan.