Yevropaning g‘ayrioddiy an’analari

  • 16:02 / 30.11.2019
  • 265

Qadimdan dunyoning turli xalqlarida ko‘plab urf-odatlar mavjud bo‘lgan. G‘ayrioddiy an’analar ba’zi Yevropa davlatlarida hanuzgacha saqlanib qolgan.

Kulolchilik buyumlarini derazadan uloqtirish. Korfu, Gretsiya

Ushbu urf-odatga binoan, shahar markazidagi derazalardan katta sopol idishlar yoki ko‘zalar uloqtiriladi. Bu an’ana juda ko‘p odamlarni birlashtiradi, ular keramika buyumlarining yerga qanday tushishini tomosha qilishadi. 

греция выбрасывание керамики

Pasxa bayrami bilan bog‘liq ushbu urf-odat XIV-XVIII asrlarda, Korfuni boshqargan venetsiyaliklar davrida paydo bo‘lgan, deb taxmin qilinadi.

Shaxmat o‘yini. Marostika, Italiya

Har ikki yilda bir marta, sentabr oyida Italiyaning shimolidagi Marostika shahrida shaxmat o‘yini bo‘lib o‘tadi. Ushbu an’analar XV asrda paydo bo‘lgan. Afsonaga ko‘ra, ikki janob Lionora ismli ayolga bir vaqtda oshiq bo‘ladi va shu tufayli bir-biri bilan bahsga kirishadi.

игра в шахматы

Lionaraning otasi Marostika qal’asining egasi bo‘gan. U janoblarga tortishishdan hech qanday foyda yo‘qligini, aksincha, shaxmat o‘ynashlarini buyuradi. G‘olib bo‘lganga Lionorani, yutqizganga esa kichik qizini turmushga berishni taklif qiladi.

Qamchilash o‘yinlari, Chexiya va Slovakiya

Yiliga atigi bir marta, dushanba kuni Yevropadagi ikki mamlakatning erkaklariga shahar bo‘ylab yurish, qizlarga va ayollarga omad tilash uchun ruxsat berishadi.

пасха чехия

Erkaklar, asosan, qamish novdalaridan maxsus qamchi to‘qib, uni lentalar bilan bezashadi. Keyin uyma-uy yurib, bahor qo‘shig‘ini kuylaydilar va ayollarni qamchilaydilar. Buning evaziga ayollar ularga pasxa tuxumlari va ichimliklar taqdim etadilar.

Ruminiya va Moldovadagi ayiq raqslari

Har yili Rojdestvo va Yangi yil bayrami oralig‘ida Ruminiya hamda Moldovada yovuz ruhlarni haydab chiqarish, shuningdek, o‘lim va qayta tug‘ilishni anglatuvchi ayiq raqslari o‘tkaziladi. Ushbu tadbir ziddiyatli bo‘lishiga qaramay, ko‘plab tomoshabinlarni o‘ziga jalb qiladi.

танец медведя

Haqiqiy ayiq terisining og‘irligi 50 kilogrammgacha bo‘ladi. Ularni kiyib olganlar fleyta va baraban ritmiga raqsga tushishadi. Asosiy marosim oldidan tayyorgarlik mashqlari, taxminan, uch oy davom etadi. Raqs paytida ayiqlar “o‘ladi” (yiqiladi) va “tiriladi” (o‘rnidan turadi). Bu esa tug‘ilish va o‘lishni anglatadi.

Ritsarlar turniri, Xorvatiya

Avgust oyining birinchi yakshanbasida Xorvatiyaning Sinj shaharchasidagi maydonda turnir tashkil etiladi. Bu an’ana 300 yildan beri har yili o‘tkazib kelinadi.

рыцарский турнир

Turnir shartlariga ko‘ra, otda yurgan ritsarlar ikki nayzani temir nishonga urishlari kerak. Biroq, tadbirning cheklovlari bor: unda faqat Sinj mintaqasida tug‘ilgan erkaklar ishtirok etishlari mumkin. Turnir XVII asr boshlarida Sinj ritsarlarining turk armiyasi ustidan qozongan g‘alabasidan keyin paydo bo‘lgan.