Yosh davrlariga oid qiziqarli faktlar

  • 18:34 / 09.10.2019
  • 124

• O‘smirlik yoshida nafaqat odam shaxsi va xarakteri, balki zararli odatlari ham shakllanib boradi. Keyinchalik ulg‘aygach bu odatlardan voz kechish qiyin bo‘ladi. 

• Yer yuzidagi har beshinchi odam – o‘smir. Ularning 85 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. 

• 20-25 yosh ko‘z o‘tkirligimiz va rang sezgirligimiz eng yuqori, reaksiyalarimiz eng tez bo‘lgan vaqtdir. 

• G‘arbda 45 yoshgacha bo‘lgan ayollarga “hoy, qiz!” deb murojaat qilishadi. 

• “Yoshning fiziologik ko‘rsatkichlaridan tashqari, qalb holati degan tushuncha ham bor”, – deydi psixologiya professori Dmitriy Chertikov. – “Bu yodingizda bo‘lsin. Odam o‘zini qari deb hisoblasa, qarigan bo‘ladi. Aslida, esa 70 yilni ortda qoldirib ham qari bo‘lmaslik mumkin. Aksincha, 30 yoshda ham odam o‘zini juda qari, deb hisoblash holatlari ham uchrab turadi”.

• San-Diyegodagi Kaliforniya universiteti qoshidagi Sog‘lom qarish markazi direktori Dilip Jestning fikricha, 20-40 yoshlar oralig‘idagi hayotni eng gullagan davr deb o‘ylashimiz xato. Go‘yo, 40 yoshdan keyin hayot deyarli tugab, faqat kun ko‘rish kerakdek. Aslida, bu yillar eng muhim qarorlar qabul qilinadigan davrga to‘g‘ri kelgani bois stress va xavotirga to‘la yillar hisoblanadi.

• Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yoshga oid yangi klassifikatsiyasiga ko‘ra, 25 yoshdan 44 yoshgacha – yoshlik, 44dan 60 yoshgacha – o‘rta, 60 – 75 yoshlar – qarilik, 75 – 90 yoshlilar – keksalik davrini suruvchilar bo‘lib, 90 yoshdan oshganlar esa uzoq umr ko‘ruvchilar qatlami hisoblanadi.  

• Biz intellektual taraqqiyotning eng yuqori darajasiga 40 yoshdan keyin erishamiz. 40 – 60 yosh oralig‘ida hayot haqidagi umumiy tasavvurimiz va o‘z imkoniyatlarimizga real baho shakllanadi. 

• Soch oqarishi – keksalik belgisi emas, sochning qarishi belgisidir.

Teglar