Yovvoyi tabiatning 2019-yildagi eng yaxshi fotosuratlari

  • 22:01 / 18.10.2019
  • 834

Londonda har yili boʻlib o‘tadigan 55-Xalqaro “Yovvoyi tabiat fotografi“ tanlovi g‘oliblarini eʼlon qilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu yil 100 mamlakatdan 48 mingdan ortiq arizalar kelib tushdi.

Tabiatning eng zo‘r surati uchun birinchi oʻrin xitoylik fotograf Yongking Baoga berildi. “Moment“ deb nomlangan rasmda yovvoyi tabiatning ikki vakili - Tibet tulkisi va sugʻur tasvirlangan. Hakamlar hayʼati raisi Ros Kidman Koks ushbu fotosuratni tabiiy sharoitda yashash uchun kurash mavzusini ochib beradigan “mukammallikning soddaligi“ deya taʼkidladi.

O‘tkazilgan fototanlov g‘oliblari va sovrindorlarining ijodiy ishlari Xabardor.uz fotogalereyasida.

“Yovvoyi tabiatning eng yaxshi fotografi - 2019“ nominatsiyasi gʻolibi. Yuntsin Bao.

“Yovvoyi tabiatning eng yaxshi yosh fotografi - 2019“ nominatsiyasi gʻolibi. Kruz Erdmann (14 yosh).

Mukofotning “Harakat: Amfibiyalar va sudraluvchilar“ toifasi gʻolibi. Manuel Pleykner

Mukofotning "Harakat: Qushlar toifasi" yo‘nalishi gʻolibi. Audun Rikardsen

Mukofotning “Harakat: Sutemizuvchilar toifasi gʻolibi. Ingo Arndt.

“Hayvonlar portreti“ nominatsiyasi gʻolibi. Ripan Bisvas.

Mukofotning “Harakat: Yerning muhiti“ toifasi gʻolibi. Luis Vilarino.

Mukofotning "Urban yovvoyi tabiat" kategoriyasi gʻolibi. Charli Hamilton Jeyms.

Mukofotning “Oq va qora“ kategoriyasi gʻolibi. Maks Vau.

Mukofotning “Oʻsimliklar va qoʻziqorinlar“ kategoriyasi gʻolibi. Zoritsa Kovachevich.

"Fotojurnalistika janridagi yovvoyi hayot" nominatsiyasi gʻolibi. Alejandro Prieto.

Mukofotning "Hayvonlar yashash joylarida" kategoriyasi gʻolibi. Shangzhen Fan.

Mukofotning "Suv osti hayoti" kategoriyasi gʻolibi. Devid Dubilet.

“Yovvoyi tabiat fotojurnalisti: Fototarix“ nominatsiyasi gʻolibi. Jasper Dest.

Mukofotning "Yovvoyi tabiat fotograflari portfeli" kategoriyasi gʻolibi. Stefan Kristmann.

Teglar